9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

17:51 / 03.07.2019 4014

Yevroparlamentga yangi spiker saylandi

Foto: REUTERS

Italiyalik sotsialist David Sassoli Yevroparlamentning yangi spikeri etib saylandi, deb xabar berdi Reuters.

Sassoli bu lavozimda yaqin ikki yarim yil davomida faoliyat olib boradi. 

63 yoshli Sassoli florensiyalik bo‘lib, dastlab jurnalistika bilan shug‘ullangan. So‘nggi 10 yil davomida u Yevroparlament deputati bo‘lgan.

Avvalroq YeI yetakchilari tuzilmaning boshqa rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni kelishib olishgani ma'lum qilingandi.

Yevroittifoq yetakchilari Jan-Klod Yunker ketganidan so‘ng Yevrokomissiyaga kim rahbarlik qilishi borasida bir qarorga kelishlari uchun bir sutkalik muzokaralar kamlik qildi. Uning o‘rniga asosiy nomzod etib Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Frans Timmermans hisoblanayotgandi.

Top