8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:18 / 04.07.2019 21364

1 yanvargacha haydovchilar mobil videokamerasiz ishlayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqidan foydalana olmaydi

Foto: IIBB axborot xizmati

Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Qonunchilikka muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan yo‘l-patrul xizmati xodimi xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi va bu haqida yo‘l harakati qatnashchilariga ma'lum qilishi kerak edi.

Qaror bilan YPX xodimlari xizmat vazifalarida mobil videokameradan foydalanishiga oid talab 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

Shunga ko‘ra, yo‘l harakati qatnashchilari 2020 yil 1 yanvargacha xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqidan foydalana olmaydi, deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno).

Top