8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:00 / 04.07.2019 3550

Apple ilk bor davlatlarning ilovalarni o‘chirib tashlash to‘g‘risidagi so‘rovlari haqidagi ma'lumotni taqdim etdi

Foto: Jason Lee / REUTERS

Apple kompaniyasi turli davlatlar rasmiy organlarining App Store’dan mahalliy qonunchilikka zid ilovalarni o‘chirib tashlash to‘g‘risidagi so‘rovlari haqidagi ma'lumotni taqdim etdi. Hisobot 2018 yil 1 iyulidan 31 dekabrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Kompaniya jami 770ta ilovani o‘chirib tashlash to‘g‘risida so‘rov olgan. Eng ko‘p so‘rov Xitoydan bo‘lib, pornografiya va qimor o‘yinlari bilan bog‘liq 626ta ilovani o‘chirib tashlash so‘ralgan. Ulardan 517tasi o‘chirilgan.

Ikkinchi o‘rinda qimor o‘yinlari bilan bog‘liq 37 ilovani o‘chirib tashlashni so‘ragan Norvegiya, joylashgan, ilovalarning barchasi o‘chirilgan. Uchinchi o‘rinda esa Vetnam: 29 ilova (qimor o‘yinlariga aloqador), to‘qqiz ilova o‘chirilgan.

Saudiya Arabistoni 25ta ilovani o‘chirib tashlashni so‘ragan (ularning barchasi shaxsiy sirlar bilan bog‘liq). Shveytsariya 19ta ilovani o‘chirishni so‘ragan (qimor o‘yinlari, 15tasi o‘chirilgan).

Rossiya onlayn-kazinolar bilan bog‘liq 11ta ilovani o‘chirishni so‘ragan, to‘qqiztasi o‘chirilgan.

Teglar

Top