18:20 / 04.07.2019
11629

AQSh so‘roviga muvofiq Gibraltar sohilida Suriyaga ketayotgan tanker ushlandi

Foto: AP Photo/Marcos Moreno

Gibraltar hukumati Amerika hukumatining so‘roviga ko‘ra Grace 1 tankerini ushladi, deb ma'lum qildi Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozep Borrel.

Ma'lumot berilishicha, kema YeI sanksiyalarini chetlab o‘tib Suriyaga neft tashishda gumon qilinmoqda.

OAVning xabariga ko‘ra, tanker Suriyaga Erondan yo‘l olgan.

Yevroittifoq va AQSh sanksiyalariga muvofiq, Bashar Asad rejimiga neft va neft mahsulotlari yetkazib berish va undan neft sotib olish taqiqlanadi. 

Mavzuga oid
Top