07:41 / 04.07.2019
4569
«Atletiko» Juan Felish transferini e'lon qildi

«Benfika»ning hujumkor yarimhimoyachisi Juan Felish faoliyatini «Atletiko»da davom ettiradi.

Madrid klubi 19 yoshli futbolchi bilan 7 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Uning maoshi yiliga 3,5 million yevroni tashkil qiladi.

«Atletiko» yosh iqtidorning transferi uchun 126 million yevroni qismlarga bo‘lib to‘laydi: dastlab 30 million yevro, so‘ngra 6 yil davomida 96 million yevro. 

Felish «Benfika» tarkibida umumiy hisobda 87ta o‘yinda maydonga tushib, 34ta gol urgan va 17ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Top