08:19 / 04.07.2019
16690

Braziliyaning Amerika Kubogi finalidagi raqibi ma'lum bo‘ldi

Foto: twitter.com/SeleccionPeru

Amerika Kubogida ikkinchi yarimfinal o‘yini o‘tkazildi. 

Chili milliy jamoasi Peru bilan bahslashib, kutilmaganda 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Gollar Flores, Yotun va Gerrero hisobiga yozildi.

Endi Peru milliy jamoasi 7 iyul kuni finalda Braziliya bilan o‘ynaydi. Chili esa 6 iyul kuni 3-o‘rin uchun bahsda Argentina bilan kuch sinashadi.

Amerika Kubogi, 1/2 final 
Chili – Peru 0:3 (0:2, 0:1)
4 iyul, «Gremio Arena» 
Gollar: 0:1 – 21 Flores, 0:2 – 38 Yotun, 0:3 – 90+1 Gerrero  
Chili – Aryas, Bosejur, Isla, Maripan (Kastilo, 89), Fuensalida (Sagal, 46), Arangis, Sanches, Pulgar, Vargas, Vidal, Medel.
Peru – Galese, Advinkula, Trauko, Abram, Sambrano, Tapiya, Kueva (Balon, 80), Yotun, Karrilo (Polo, 71), Flores (Gonsales, 50), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Advinkula (72), Pulgar (74), Sagal (86).

Mavzuga oid
Top