8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:40 / 04.07.2019 8299

Chirchiqda kafe ishchilarini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, jinoyat sodir etgan aka-uka qo‘lga olindi

2019 yil 30 iyun kuni soat 02:00larda 2 noma'lum shaxs Toshkent viloyatining Chirchiq shahri A.Temur ko‘chasida joylashgan “Oltin diyor” kafesiga temir panjarasidan oshib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular shu kafening to‘rt nafar ishchisini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, ular orasidagi 18 yoshli D.B.ga tegishli “Redmi” va “Miyezu” hamda R.E.ga tegishli “Samsung” rusumli mobil telefonlarini olib voqea joyidan yashiringanlar.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahar 4-mikrorayonda yashovchi 25 yoshli F.A. va uning birga yashovchi ukasi 23 yoshli I.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top