8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:15 / 04.07.2019 1444

Germaniya bilan Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya instituti o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya instituti Germaniyaning bir qator oliy ta'lim muassasalari hamda tashkilotlari bilan o‘rnatgan hamkorlikni izchil davom ettirmoqda.

Shu jumladan, joriy yilning 8 mayidan 4 xafta davomida institutning “Yo‘l qurilish mashinalari” kafedrasiga Germaniyaning tajribali eksperti Diter Bergemann (Diter Bergemann) tashrif buyurdi. Bu davr oralig‘ida institutning iqtidorli talabalariga “Case Study” pedogogik texnologiyalar asosida ma'ruzalar o‘qildi hamda ishlab chiqarish korxonalariga amaliy ekskursiyalar uyushtirildi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida institutning 3 nafar talabasi (A.Muxitov, U.Ermatov hamda A.Malikovlar) Germaniyaning Tsvikau amaliy tadqiqotlar universiteti hamda DAAD tashkiloti hamkorligida tashkil qilingan “Barqaror va innovativ boshqaruv” mavzusidagi nemis tilida o‘tiladigan yozgi maktabda ishtirok etish uchun Germaniyada 24 iyundan 1 iyulga qadar amaliyot o‘tib qaytdilar. Bu yozgi maktabda qatnashishdan asosiy maqsad-zamonaviy texnologiyalar boshqaruvini tashkil etishni o‘rganish va boshqa davlatlardan qatnashayotgan talaba-yoshlar bilan fikr almashishdan iboratdir.

2019 yil 1 iyuldan 3 sentyabrgacha bo‘lgan muddatda institutimizning xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i U.Nadirxanov Germaniyaning Vismar universitetiga ilmiy stajirovkaga yuborildi.

Germaniyaning soha va tarmoq bo‘yicha ilg‘or tajribalarini o‘rganish, zamonaviy texnika va texnologiyalar ish jarayonlari bilan tanishish hamda ularni o‘quv jarayonida qo‘llash maqsadida 2019 yil 24 iyun kunidan boshlab, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining bir guruh yosh professor-o‘qituvchilari kafedra mudiri R.M.Xudayqulov, assistentlar J.S.Avliyoqulov, A.A.Abdurazzaqov va stajyor o‘qituvchi M.A.Malikovlar Germaniyaning SES (Senior Expert Service) tashkiloti bilan avtomobil yo‘llari sohasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, hamda malaka oshirish maqsadida Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurdilar.

Institutimizning professor-o‘qituvchi hamda talabalarining tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘l qurilish sohasida Germaniya tajribasini o‘rgangan holda respublikamizda bunyod etilayotgan avtomobil yo‘llarini xalqaro sifat ko‘rsatkichlari darajasiga olib chiqish, xissa qo‘shish va institut talabalariga zamonaviy nemis texnologiyalari asosida yo‘l qurilishini loyihalash va qurish jarayonlarini o‘rgatishdan iborat.

Reklama huquqi asosida

Top