8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:51 / 04.07.2019 10145

Saudiya malikasi mamlakat tarixidagi birinchi ayol elchi bo‘ldi

Foto: REUTERS

Malika Rima bin Abdul Aziz Ol Saud Saudiya Arabistoni tarixidagi birinchi ayol elchi bo‘ldi, u Vashingtonga elchi etib tayinlandi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

"Bugun ishonch yorlig‘ini topshirish men uchun katta sharafdir", - deb yozdi malika o‘z tvitterida.  

Saudiya Arabistonining AQSh va Buyuk Britaniyadagi elchilari Yamandagi urush va jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi sababli yuzaga kelgan bir necha oylik keskin munosabatlardan so‘ng o‘z o‘rinlarini egallashdi.

Malikaning akasi, shahzoda Xolid ibn Sulton Ol Saud payshanba kuni Londonda ishonch yorlig‘ini topshirdi.

Top