11:10 / 04.07.2019
21735

Toshkentda yangi qurilayotgan uylardan birida yong‘in chiqdi

 2019 yil 4 iyul kuni soat 06:33da, Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi 35-uy qarshisida yangi qurilayotgan uyning yerto‘lasida penoplast bo‘laklari 40 kv.m maydonda yongan. 

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 06:37da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 06:44da bartaraf etilgan. 

Yong‘in sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Top