8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:18 / 05.07.2019 1346

Ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etish bo‘yicha uch tomonlama komissiyalar tashkil etildi

Foto: iStock

Ularning tarkibida – davlat, ish beruvchilar va xodimlar vakillari. Komissiyaning vazifalari, funksiyalari va huquqlari Vazirlar Mahkamasining 3.07.2019 yildagi 553-son qarorida belgilangan, deb yozmoqda Norma.
  
Komissiyalar respublika va hududiy darajalarda tashkil etiladi. Komissiyalar tarkibiga uch tomonning har biridan kamida 7 nafar vakil kiradi.
 
Respublika komissiyasida:

• hukumatdan – bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, moliya, adliya, sog‘liqni saqlash vazirlari o‘rinbosarlari, Davstatqo‘m raisi o‘rinbosari, Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari;
• respublika kasaba uyushmalari birlashmalaridan – Kasaba uyushmalari Federatsiyasi rahbariyati va bo‘lim mudirlari, tarmoq kasaba uyushmalari kengashlari raislari;
• ish beruvchilar respublika birlashmalaridan – ish beruvchilar Konfederatsiyasi, SSP, O‘zbekiston ishbilarmon ayollar va “Hunarmand” uyushmalari raislari va boshqalar ishtirok etadi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va poytaxtda hududiy komissiyalar tashkil etiladi.
 
Hokim o‘rinbosari, bandlik, moliya, adliya, sog‘liqni saqlash, mehnat inspeksiyasi boshqarmalari rahbariyati davlat organlaridan ularning doimiy a'zolari hisoblanadi.
 
Komissiya quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:

• ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish, fuqarolarning mehnat huquqlarini, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ish beruvchilar va xodimlar tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirish;
• Bosh va hududiy bitimlar tuzish hamda ularning ijrosini nazorat qilish orqali ijtimoiy-mehnat munosabatlarini jamoa-shartnoma asosida tartibga solishga ko‘maklashish;
• mehnat va bandlik sharoitlarini aniqlash, ish beruvchilar va xodimlar, shuningdek, ish beruvchi va xodimlar tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha jamoa muzokaralariga ko‘maklashish.
 
Komissiyalar tarkibida quyidagi doimiy ishchi guruhlar tuzilishi mumkin:

• Bosh (hududiy) bitimni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha;
• xalqaro mehnat normalarini qo‘llashga ko‘maklashish uch tomonlama maslahatlashuvlarni o‘tkazish bo‘yicha;
• jamoa mehnat nizolarini va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha;
• mehnatni muhofaza qilish va uning xavfsizligi bo‘yicha;
• bandlik, ish haqi va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha.
 
Komissiyalar majlislari bir yilda kamida 2 marta chaqiriladi.
 
Hujjat 3.07.2019 yildan kuchga kirdi.

Top