8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:07 / 05.07.2019 8656

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov saylovlarga ko‘pchilikning majburlikdan borishini tanqid qildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov O‘zA muxbiri bilan suhbatda saylov bilan bog‘liq ayrim achchiq haqiqatlarni tilga oldi. Saylovlarga ko‘pchilikning ixtiyoriy emas, majburlikdan borishini keskin tanqid qildi.

- Mahalladan yoki saylov komissiyasidan aytishdi yoki bormasam, qo‘shnilar oldida noqulay, deb saylovga boradiganlar ko‘plab topiladi, - dedi M.Abdusalomov. - Nomzodlar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmay turib, birortasini taxminiy tanlab ovoz berish holatlari bo‘lmagan, desak yolg‘on gapirgan bo‘lamiz.

Odatda, bir kunlik saylov goh u, goh bu yo‘sinda o‘tib ketadi. Kimlardir deputatlikka saylanadi. Juda ko‘pchilik aslida ular o‘z vakillari ekanini esdan chiqarib, endi deputatni yoki senatorni tinmay qoralash payida bo‘ladi. Uni kim saylagan, nega u yaxshi ishlamaydi yoki saylangach oldimizga kelmay qo‘ydi, degan gaplar tez-tez quloqqa chalinadi. Shunda buning uchun kim ko‘proq aybdor, degan savol tug‘iladi. Xo‘sh, kim?

Albatta, nomunosib deputat yoki senatorning parlamentdan o‘rin olishida birinchi navbatda saylovchining hissasi, ta'bir joiz bo‘lsa, aybi bor. Axir har bir fuqaroning saylovda ovoz berishdek yuksak huquqi qutiga bir parcha qog‘oz tashlashdan iborat emas!

O‘zini anglagan, kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir kishi yoki saylovchi ovoz berishning oqibatini to‘liq anglashi zarur. Hali saylov boshlanmasidan bu jarayonning zamirida nima yotibdi, qanday natija beradi, degan savollar haqida har birimiz bosh qotirishimiz kerak.

Top