8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:47 / 05.07.2019 8614

Yo‘l harakati qoidasi buzilganligi to‘g‘risidagi videoni qabul qiluvchi sayt ishga tushdi

Foto: IIBB axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yo‘l harakati qoidasi buzilganligi to‘g‘risidagi videoni qabul qiluvchi sayt ishga tushirildi – dyhxx.ejarima.uz. Hozircha saytning faqat rus tilidagi talqini ishlamoqda. 

Undagi ma'lumotlarga ko‘ra, saytda faqat videoregistrator yordamida olingan videolavhalar qabul qilinadi. 

Jo‘natiladigan fayllarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
-  Fayl suratga olingan vaqtdan boshlab uch kundan kechiktirilmagan holda jo‘natilishi;
-  Videoda sana va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lishi;
-  Videoning uzunligi 120 soniyadan oshmasligi;
-  Videoning tiniqligi kamida 720×480 pikselni tashkil qilishi shart.

Agar transport vositasining to‘xtab turishi bilan bog‘liq bo‘lgan qoida buzilgan bo‘lsa, u holda 2ta videofayl jo‘natilishi, bunda ikkinchi video birinchisidan kamida 10 daqiqa keyin olingan bo‘lishi shart.

Barcha murojaatlar kelib tushgan vaqtdan boshlab uch kun ichida ko‘rib chiqiladi. 

Yo‘l harakati qoidasi buzilganligi qayd etilgan video egasi eng kam ish haqining 5 foizi (hozirgi vaqtda 10 136 so‘m) miqdorida mukofot oladi. Bunda mukofot puli qoidabuzar tomonidan jarima to‘langanidan so‘ng beriladi.

Top