8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

12:16 / 06.07.2019 3855

Davlat korxonalarida budjetga ajratmalar to‘lash muddati belgilandi

Davlat korxonalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Norma yozmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, 2019 yildan boshlab davlat unitar korxonalari ularning sof foydasidan 30% miqdorida Davlat budjetiga ajratishi shart. Davlat soliq xizmati organlari ko‘rsatilgan ajratmalarni undirib olishga haqli.
 
Shu munosabat bilan DUKda yillik yig‘ilishni o‘tkazish muddati belgilandi - yil tugaganidan keyin 6 oydan kechiktirmay o‘tkazish. Budjetga ajratmalar esa sof foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan 60 kundan kechiktirmay to‘lanadi.
 
Shuningdek eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart-aprel oylarida QHTBT portalida ushbu ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi, nazorat qilish mexanizmi va tegishli sanksiyalarni tartibga soluvchi hujjat loyihasi muhokama qilindi. Ayni paytda loyiha tasdiqlanmagan.
 
Boshqa xo‘jalik jamiyatlari ustav fondidagi ulushi bo‘yicha dividendlar davlat korxonasining mulkini shakllantirish manbalari jumlasiga kiritildi.
 
Hujjat 4.07.2019 yildan kuchga kirdi.

Top