18:48 / 06.07.2019
9002

IShID Afg‘onistondagi masjidda sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Foto: Global Look Press

Afg‘onistonning G‘azni shahrida sodir etilgan portlash uchun javobgarlikni IShID terrorchi tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Portlash juma namozi vaqtida sodir etilgan. 

Terakt oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohatlangan, deb xabar qildi Reuters mahalliy ma'muriyat matbuot xizmatiga tayanib.

Avvalroq Pajhwok agentligi hujum natijasida 21 kishi jarohatlangani haqida ma'lum qilgandi.

Top