23:53 / 06.07.2019
14028

OAV: Husiychilar dronlar orqali Saudiya Arabistonidagi ikkita aeroportga hujum uyushtirdi

Yamandagi “Ansar Alloh” (husiychilar) harakati tarafdorlari uchuvchisiz uchadigan qurilmalar yordamida Saudiya Arabistonining Abha va Jizan shaharlaridagi aeroportlarga hujum uyushtirdi. Bu haqda Yamanning Al Massira telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, qiruvchi samolyotlar turadigan angarlar va boshqa harbiy obektlar hujum nishoniga aylangan. Reuters agentligining qayd etishicha, Saudiya Arabistoni mazkur xabarni hozircha tasdiqlamagan.

12 iyun kuni husiychilar Abhadagi aerodromga raketa yo‘llagandi. Hujum natijasida 26 kishi jarohatlangan. 14 iyun kuni esa ushbu aerodromga dronlar yordamida hujum uyushtirilgan, Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlari beshta uchuvchisiz qurilmani to‘xtatib qolgandi.

Top