8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:44 / 06.07.2019 9999

O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Foto: kazpravda.kz

Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 2019 yilning 1-5 iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida O‘zbekiston - Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda davlatlararo chegara demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlar davom ettirilgan.

Tadbirda O‘zbekiston - Qozog‘iston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida dala demarkatsiya ishlari boshlanishining aniq muddatlari kelishildi.

Muzokaralar yakunlarida delegatsiya rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Qozog‘iston Respublikasi TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Zulfiya Amanjolova tegishli Bayonnomani imzoladilar.

Uchrashuv an'anaviy do‘stlik va hamjihatlik muhitida o‘tdi, deya ta'kidlanadi xabarda.

Top