08:16 / 06.07.2019
49402

Surxondaryoda 17 yoshli qiz o‘zini ta'qib qilib, haqoratlagan erkakni pichoqlab qo‘ydi. U ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

Joriy yilning 3 iyul kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchilar 29 yoshli S.X. ismli ayol 17 yoshli qiz jiyanlari N.A., N.Sh., 15 yoshli S.Sh. va tanishi 24 yoshli I.O. bilan birga Xayrobod mahallasida yashovchi qarindoshining uyiga borayotgan vaqtlarida 23 yoshli M.I., 19 yoshli O.T. hamda 22 yoshli I.M.lar ularning yo‘llarini to‘sib, hech bir sababsiz haqoratlab, yashash manziliga yetib kelguniga qadar ularni ta'qib qilganlar. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, M.I. ularni uyiga kirishiga qo‘ymay, haqoratlab, urib, tan jarohati yetkazgan vaqtida N.A. oshxonadan pichoq olib chiqib, M.I.ga qaratib, tartibsiz pichoqni harakatlantirganligi oqibatida uning chap qo‘l va ko‘krak qafasiga yengil tan jarohati yetkazgan va uyiga kirib, darvozani qulflab olgan.

Shundan so‘ng, 3 nafar bezori ushbu uyning hovlisiga devor oshib kirib, hovlida ular bilan janjallashayotgan vaqtlarida N.A. ularni qo‘rqitish va o‘zini hamda qarindoshlarini himoya qilish maqsadida qo‘lidagi pichoq bilan zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib ketganligini sezmay, M.I.ga jarohat yetkazgan.  

Natijada M.I. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. N.A. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top