8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:59 / 06.07.2019 17145

«TOMChI»da yangi imkoniyatlar!

Bugun TOMChI mobil ilovasi yangilandi! Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy Loyihasi” suv tejamkorligi masalalariga e'tiborni qaratish maqsadida xabar qiladi.

2018 yilning noyabr oyida sug‘orishda suvni tejaydigan usullar haqidagi axborotlarga tezkorlik bilan ega bo‘lish imkonini beradigan, ularning afzalliklarini tushuntira oladigan va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishning taxminiy xarajatlarini hisoblaydigan, bu texnologiyalarning ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilari bilan aloqa qilish uchun yagona platforma bo‘lib xizmat qiladigan TOMChI mobil ilovasi ishga tushirilgan edi.

Ushbu ilova rasmiy ishga tushirilgandan so‘ng, foydalanuvchilardan ko‘plab izohlar, ijobiy fikrlar va mobil ilovani takomillashtirish bo‘yicha takliflar olindi.

TOMChI endi qanday imkoniyatlarni taklif qilmoqda?

Siz suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish haqida, ularning afzalliklari hamda ijobiy natijalarga erishgan fermerlar haqidagi bevosita daladan turib berib boriladigan qiziqarli kundalik yangiliklardan xabardor bo‘lasiz.

Bundan tashqari, foydalanuvchilarda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlar va ma'lumot almashish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Shuningdek, Siz yoqtirgan yangiliklar va maqolalarni saralab, ularni saqlab qolish imkoniyati inobatga olingan. Bu foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan vaqtda kerakli maqolani topishga va unga qaytishga imkon beradi.

Yana bir muhim jihati shundaki, endi TOMChI foydalanuvchilarning diqqatini tortadigan oddiy va ixcham dizaynga ega.

Agar Sizda qiziqish paydo bo‘lgan bo‘lsa, TOMChI ilovasini Google Play dan yangilab yoki yuklab oling.

Reklama huquqi asosida

Teglar

Top