8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

09:18 / 07.07.2019 5323

Afrika millatlari kubogi. Mezbon Misr nimchorak finaldanoq musobaqani tark etdi

Foto: Amr Abdallah Dalsh/Reuters

Afrika millatlari kubogi mezboni Misr musobaqani nimchorak finaldan tark etdi. Guruh bosqichida maksimal ochko to‘plagan jamoa pley-offning ilk raundida JARga yutqazib qo‘ydi.

Qohiradagi o‘yinnning 85-daqiqasida Tembinkosi Lorch tomonidan urilgan gol Janubiy Afrika Respublikasiga g‘alaba keltirdi.

 

Uchinchi o‘rin bilan guruhdan chiqqan janubiy afrikaliklar chorak finalda Nigeriyaga to‘qnash keladi. Nigeriya nimchorak finalda amaldagi chempion Kamerunni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

Eslatib o‘tamiz, nimchorak finalning dastlabki kungi ikki o‘yinid Marokash Beninni, Senegal Ugandani mag‘lub etgan va ular keyingi bosqichda o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘lgandi.

Afrika millatlari kubogi
1/8 final

Misr – JAR 0:1 (0:0, 0:1)
Gol
: 0:1 – 85 Lorch.
Misr – Al-Shenavi, Ashraf, Heg‘azi, Al-Din, Al-Muhammadiy, A-Nenni (Soliman, 83), Hamid, Al-Said (Uarda, 64), Trezege, Saloh, Muhsin (Ali, 46).
JAR– Uilyams, Tau, Xlatsvayo, Xlanti, Ferman (Kekana, 90), Mkxize, Mokodjo, Mkxvanazi, Zungu, Lorch (Veldveyk, 90), Motiba.
Ogohlantirishlar: Xlanti (44), Ashraf (68), Zungu (79), Xlatsvayo (90).

Nigeriya – Kamerun 3:2 (1:2, 2:0)
Gollar: 1:0 – 19 Igalo, 1:1 – 41 Baoken, 1:2 – 44 N`Ji, 2:2 – 63 Igalo, 3:2 – 66 Ivobi.
Nigeriya – Akpeyi, Ayna, Trost-Ekong, Avazem, Omeruo, Etebo, Ivobi (Balogun, 90), Ndidi, Saymon (Chukvueze, 60), Igalo (Onuachu, 85), Musa.
Kamerun – Onana, Oyongo, Ngade-Ngadjui, Banana, Fe, Kunde (Zua, 87), Mandjyek (Zambo-Angissa, 62), Shupo-Moting, Bassogog, Baoken, N`Ji (Toko-Ekambi, 70).
Ogohlantirishlar:  Kunde (28), Mandjyek (51), Avazem (70).

5 iyul
Marokash – Benin 1:1, pen. - 1:4
Gollar: 0:1 – 53 Adilyu, 1:1 – 75 An-Nosiri.
Chetlatish: Adenon (97, Benin).

Uganda – Senegal 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 15 Mane.

7 iyul
21:00. Madagaskar – DR Kongo
23:59. Jazoir – Gvineya

8 iyul 
21:00. Mali – Kot-d`Ivuar
23:59. Gana – Tunis 

Top