08:35 / 07.07.2019
9496

Amerika Kubogi. Argentina Chilini mag‘lub etdi, Messi birinchi bo‘limdayoq qizil kartochka oldi

Foto: Alexandre Schneider/Getty Images

Amerika Kubogida uchinchi o‘rin uchun Argentina va Chili terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. San-Pauludagi «Arena San-Paulu» stadionida kechgan uchrashuvda argentinaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Argentinaliklar 12-daqiqadayoq Serxio Agueroning zarbasidan keyin hisobda oldinga chiqib oldi. 10 daqiqa o‘tib Paulo Dibala jamoasi ustunligini oshirdi.

O‘yinning 37-daqiqasida Argentina yetakchisi Lionel Messi va Chili yarimhimoyachisi Gari Medel o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi va hakam ularning ikkisini ham maydondan chetlatdi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida, 59-daqiqada chililiklar hisobni qisqartirishdi - Arturo Vidal penaltidan unumli foydalandi. O‘yin oxirigacha hisob o‘zgarmay qoldi.

Amerika Kubogi yarimfinalida argentinaliklar Braziliyaga 0:2 hisobida, chililiklar Peruga 0:3 hisobida yutqazgandi.

Amerika Kubogi-2019
3-o‘rin uchun o‘yin
Argentina – Chili 2:1 
(2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 12 Aguero, 2:0 – 22 Dibala, 2:1 – 59, penalti Vidal.
Argentina – Armani, Foyt, Petsselya, Otamendi, Talyafiko, de Paul, Paredes, Lo Chelso (Funes Mori, 90), Messi, Dibala (Di Mariya, 67), Aguero (Suares, 81).
Chili – Aryas, Medel, Xara (Maripan, 50), Dias, Pulgar, Isla, Bosejur, Arangis (Kastilo, 83), Vidal, Vargas, Sanches (Fernandes, 17).
Ogohlantirishlar: Bosejur (16), Vidal (26), Pulgar (45), Petsselya (57), Paredes (63), Foyt (79), Talyafiko (90).
Chetlatishlar: Medel (37), Messi (37).

Mavzuga oid
Top