23:57 / 07.07.2019
7939

Edinburg universitetida 150 yillik kechikish bilan talaba qizlarga diplomlar topshirildi

Edinburg universiteti rahbariyati o‘z vaqtida tibbiyot fakultetida tahsil olgan 7 nafar talaba qizga ularning o‘limlaridan keyin universitetni tamomlaganlik haqida diplom topshirishga qaror qildi. Bu 150 yillik tarixiy adolatsizlikni tuzatish maqsadida amalga oshirildi. 

1869 yilda universitetga o‘qishga kirgan va keyinchalik “Edinburglik yettiligi” kabi ma'lum bo‘lgan qizlar Buyuk Britaniyada tibbiy ta'lim olishga qo‘yilgan ilk ayollar bo‘lgan.

Qizlar o‘qish vaqtida erkak o‘qituvchilar va talabalar tomonidan doimiy va ochiqcha tahqirlashga duch kelganlar. Pirovard natijada universitetning o‘sha vaqtdagi rahbariyati qizlar oliy ta'lim haqida rasmiy hujjat olmasliklari uchun bor imkoniyatni ishga solgan.

Keyinchalik ayollarning oliy ta'lim olishga huquqi uchun kurash milliy miqyosga yetgan va 1877 yilda tegishli qonunchilik qabul qilingan. 1,5 asrdan keyin adolat tiklanib, “yettilik”ka atalgan diplomlar tantanali marosim vaqtida universitetning 7 nafar ayol bitiruvchisiga topshirildi.

“Biz bugun bu ayollarga tegishli darajalar berilishidan juda xursandmiz. “Edinburg yettiligi” to‘qnash kelgan tahqirlash shubhasiz tarixda qoldi, biroq bugungi kunda ham iste'dodli odamlarga universitetlarda muvaffaqiyatlarga erishishda to‘sqinlik qiluvchi ko‘plab to‘siqlar mavjud”, deb aytgan oliy ta'lim muassasasi vitse-prezidenti Piter Metison.

Top