8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

00:12 / 07.07.2019 12151

Ukraina o‘z tarixida ilk bor AQShdan neft sotib oldi

Foto: TASS

Odessaga Ukraina tarixida ilk bor Amerika nefti keltirildi, deb xabar berdi Odessa dengiz porti ma'muriyati.

Xabarda aytilishicha, Wisdom Venture tankeri 75 ming tonna neft keltirgan.

Uzunligi 237 metr bo‘lgan Wisdom Venture tankeri Hongkong bayrog‘i ostida kelgan.

Port ma'muriyatining bildirishicha, Bakken rusumidagi neft «Ukrtatnafta» OAJ tomonidan sotib olingan. U Kremenchug neftni qayta ishlash zavodiga jo‘natiladi.

Top