8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

14:42 / 07.07.2019 6255

Xitoyda qo‘lga olingan Interpol sobiq rahbarining turmush o‘rtog‘i tashkilotni sudga berdi

Foto: AP Photo / Wong Maye-E

2018 yil sentyabrda Xitoyda korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan Interpol sobiq rahbari Men Xunveyning rafiqasi Greys Men ushbu tashkilotni Gaaga sudiga berdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.

"Interpol oilam himoyasini ta'minlay olmadi va yordam bera olmadi hamda xalqaro huquqqa zid harakat qilgan tashkilot a'zosi – Xitoyning sherigi hisoblanadi", deyiladi Greys Menning bayonotida.

2018 yil oktyabrda Interpol prezidenti Men Xunvey Xitoyda ta'tilni o‘tkazayotgan vaqtda yo‘qolib qolgandi. Keyinroq Xitoy hukumati unga qarshi poraxo‘rlik bo‘yicha tergov olib borilayotganini ma'lum qilgan. Bir necha kun o‘tgach Interpolda o‘z prezidentlaridan iste'foga chiqish haqida ariza olingani ma'lum qilingan.   

Shu yilning iyunida Men Xunvey ustidan Tyanszinda sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Sud davomida Men Xunvey umumiy qiymati 14,16 mln yuan (2,1 mln dollar) bo‘lgan pora olishdagi aybini tan oldi.

Top