8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:52 / 08.07.2019 5663

Arab koalitsiyasi Qizil dengizda xusiylarning hujumini qaytardi

Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Qizil dengizda Yamandagi xusiy isyonchilarining hujumini qaytardi. Bu haqda SPA agentligiga koalitsiyaning rasmiy vakili Turki al-Malikiy xabar qildi.

"Koalitsiya kuchlari xusiylar terrorchi guruhi tomonidan yo‘naltirilgan minalashtirilgan kemani to‘xtatib qoldi va yo‘q qildi", - dedi al-Malikiy.

U xusiylarni kemalarga tahdid soluvchi teraktlar rejalashtirishda aybladi.

Yamanda hukumat va "Ansar Alloh" xusiylar harakati o‘rtasidagi nizolar 2014 yildan buyon davom etmoqda. 2015 yil martdan buyon Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi hukumat tarafini olib harakat qilmoqda. 

Top