11:52 / 08.07.2019
70901

Bosh prokuratura Surxondaryoda chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab ketgan ayol haqida ma'lumot berdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

 
2019 yil 02 iyul kuni soat 15:00 larda fuqaro F.T. (1999 yilda tug‘ilgan) Denov tumani, Lolazor mahallasidagi “Habibobod” bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug‘ib, hojatxona ichiga tashlab ketgan. 

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yig‘isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro F.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin, Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati chaqaloqning hayoti saqlab qolingani va uning ayni vaqtdagi holati haqida ma'lumot bergandi.

«Shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy muolajalardan keyin chaqaloqning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib turibdi. Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan sun'iy oziqlantirilmoqda. Chaqaloq jinsi - qiz bola, og‘irligi - 3500 gramm, bo‘yi - 50 santimetr.

Hozirda chaqaloq ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olingan. Shifokorlar chaqaloq hayoti uchun kurashmoqda», deya Kun.uz’ga xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayev.

Top