8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

14:14 / 08.07.2019 1533

British Airways mijozlari haqidagi ma'lumotlar o‘g‘irlanganligi uchun 183 mln funt jarimaga tortildi

Foto: REUTERS

British Airways aviakompaniyasi o‘tgan yili o‘z mijozlari haqidagi ma'lumotlar o‘g‘irlanganligi uchun 183 mln funt jarimaga tortildi.

Jarima Britaniya axborot masalalari bo‘yicha vakilligi boshqarmasi tomonidan belgilangan bo‘lib, jarima miqdori British Airways aviakompaniyasining 2017 yil davomidagi global aylanmasining 1,5 foizini tashkil etadi.

British Airways mazkur qarorga qarshi shikoyat arizasini bermoqchi.

2018 yil 21 avgustdan 5 sentyabrgacha British Airways sayti va ilovasi xakerlik hujumiga duch kelgan bo‘lib, 185 mingdan ortiq yo‘lovchilarga tegishli ma'lumotlar, jumladan kredit kartalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin.

Top