07:27 / 08.07.2019
45174

Buxoroda mudhish YTH: uch fuqaro halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi kasalxonaga olib ketildi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 6 iyul kuni soat 17.15larda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashagan 58 yoshli M.A. boshqaruvidagi Lacceti rusumli avtomashinani Zarangari mahallasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Poskati qishlog‘ida yashagan 59 yoshli A.R. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada ikki avtomashina haydovchilari hamda Cobalt avtomashinasining yo‘lovchisi - 54 yoshli R.S. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. 

Lacceti avtomashinasining uch nafar yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek, Lacceti avtomashinasining bir nafar va Cobalt avtomashinasining 5 nafar yo‘lovchisiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top