8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

07:51 / 08.07.2019 4833

Hongkongda yana norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: © REUTERS / Tyrone Siu

Hongkongda o‘n minglab faollar ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishga qarshi namoyishga chiqishdi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, namoyishchilar xitoylik turistlar orasida ommabop bo‘lgan Chimsachyoy rayonida to‘plangan. Bu yerda Hongkongni Xitoy bilan bog‘laydigan G‘arbiy Koulun temiryo‘l stansiyasi joylashgan.

Namoyish qatnashchilari turistlarga Hongkongdagi norozilik harakati to‘g‘risidagi gazeta va varaqalar tarqatishmoqda. Izohlanishicha, senzura bois Xitoydagilarning ko‘pchiligi ushbu namoyishlar haqida ma'lumotga ega emas.

Keyingi vaqtda Hongkong aholisi ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritilishiga qarshi bir necha marta namoyishlar o‘tkazishdi. Ommaviy namoyishlar sababli qonunga tuzatish kiritishni ko‘rib chiqish ortga surildi.

Top