8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

09:52 / 08.07.2019 5442

Meksika KONKAKAF «Oltin Kubogi»ni qo‘lga kiritdi

Foto: REUTERS

AQShda Shimoliy Amerika va Karib havzasi mamlakatlarining eng nufuzli turniri – KONKAKAF «Oltin Kubogi» nihoyasiga yetdi.

Finalda mezbonlar va Meksika milliy jamoasi bellashdi. 73-daqiqada Dos Santos tomonidan urilgan yagona gol meksikaliklarga g‘alaba keltirdi.

Meksika o‘z tarixida 11-marta musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Meksiskaliklar so‘nggi 6ta turnirdan 4tasida g‘olib chiqishgan. AQSh hisobida esa jami 6ta sovrin bor.

KONKAKAF «Oltin Kubogi»
Final
Meksika – AQSh 1:0 (0:0, 1:0)
8 iyul, «Soljyer Fild» stadioni 
Gol: 1:0 – 73 Dos Santos. 
Meksika – Ochoa, Moreno, Salsedo, Rodriges, Alvares, Guardado (Reyyes, 89), Galyardo, Pisarro (Rodriges, 81), Dos Santos, Antuna (Alvarado, 86), Ximenes.
AQSh – Steffen, Kennon, Myazga, Long, Rim (Lovits, 83), Makkenni, Pulishich, Bredli, Arriola, Altidor (Zardes, 64), Morris (Roldan, 61).

Top