8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

00:41 / 08.07.2019 15921

Sergeyevning goli Babayanning jamoasini mag‘lub etgan o‘yindan fotogalereya

Foto: Ma'ruf Asqarov / Tribuna.uz

O‘zbekiston Liga Kubogida 3-tur o‘yinlari yakunlandi. O‘z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qilgan «Paxtakor» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va guruhda ikkinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga chiqdi. «Lokomotiv» esa guruhda qolib ketdi.

Bugun «Lokomotiv»ning asosiy darvozaboni Javohir Ilyosov uylandi. Balki shu sababdir, balki Babayan uchun bu kubokning qizig‘i yo‘qdir, xullas «Lokomotiv» o‘yinga asosiy tarkib o‘yinchilarisiz tushdi. Qo‘qonda ham shunday tarkibda o‘ynagan Babayan shogirdlari yirik hisobda mag‘lub bo‘lishgandi.

O‘yinda «Paxtakor»ga g‘alaba keltirgan golni Igor Sergeyev kiritdi. Zaxiradan maydonga tushgan Igor birinchi imkoniyatidanoq unumli foydalanib, gol urdi. Shu kuni «Paxtakor» har ikki golni ham bosh bilan urganini ta'kidlash kerak.

Tribuna.uz fotomuxbiri qiziqarli kechgan «Paxtakor» - «Lokomotiv» o‘yinini stadiondan kuzatdi. Quyida o‘yindan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Top