8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:14 / 08.07.2019 5861

Tojikistonda hukumat a'zolari harbiy yig‘inlarga chaqirildi

Illyustrativ foto

Tojikistonda vazirlik va idoralar rahbarlari 5-6 iyul kunlari mamlakat janubidagi Faxrobod poligoni va respublika Qurolli kuchlarining avtomatlashtirilgan boshqaruv markazida bo‘lib o‘tgan harbiy yig‘inlarga chaqirildi.

«Avesta»ning Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi rahbari Orif Nozimiyonga tayangan holda xabar berishicha, yig‘inlar avvalida Xavfsizlik kengashi kotibi Mahmadali Vatanzoda hamda mamlakat mudofaa vaziri Sherali Mirzo ishtirokchilar oldida nutq so‘zlashdi.

Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, yig‘inlar ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘tkazildi. Hukumat a'zolari harbiy texnika bilan tanishtirilgan.

Shuningdek, yig‘inlar ishtirokchilari otish maydonida nishonlarga qarata o‘q uzishgan.

Top