8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:40 / 08.07.2019 10684

Yovvoyi bilim: hech kim o‘rgatmaydigan narsani qanday o‘rganish mumkin?

Harvard Business Review universitetda olayotgan bilimlarimiz endilikda yetarli bo‘lmasa, nimani o‘rganish kerakligiga oydinlik kiritdi.

Axborotga to‘lib-toshgan olamda nima qilish kerak? Innovatsiyalar qayerdan paydo bo‘ladi? Universitetda olayotgan bilimlarimiz endilikda yetarli bo‘lmasa, nimani o‘rganish kerak? Iqtisodchi va “Fank usulidagi biznes” besselleri muallifi Kell Nordstrem va shved ma'ruzachisi va sobiq siyosatchi Per Shlingman o‘zlarining «Urban Express: asosiy rollar shahar va ayollarda bo‘lgan yangi dunyoning 15 qoidasi» kitobida ana shu va boshqa savollarga javob berishga harakat qildi.

Foto: Unsplash

Bilim kuch bo‘lsa, u hozirda ko‘pchilikda mavjud. Umuman olganda, hamma bir xil bilimga ega. Biroq aslida kuchlar taqsimlangan. Endilikda u Kembrij yoki Bostonning tor ko‘chalaridagi chiroyli g‘ishtli binolarda to‘planmagan.

Biz bilimlar olamiga bevosita nazar solishimiz mumkin. U barcha yerda mavjud. Biz uni yonimizda olib yuramiz va dunyoni katta va kichik ekranlar orqali kuzatamiz. Ular bizga yangi o‘yin maydonlarini ochishdi, barcha ana o‘sha yerda to‘planishadi. Yozish mumkin bo‘lgan jami narsalarni raqamlashtirish mumkin. Hatto o‘quv muassasalarining o‘zi ham tobora bir-biriga o‘xshab ketmoqda. Butun dunyo arxitektorlari axborotni umumiy ilm manbaidan olishmoqda. Agar shubhalanayotgan bo‘lsangiz, yaqiningizdagi yangi mehmonxona yoki savdo markazini ko‘zdan kechiring. Ularda bilimlarning jami hajmi kollektivlashtirilmoqda. Bu albatta, ajoyib. Tobora ko‘proq odamlar insoniyat tomonidan to‘plangan bilimdan foydalanmoqda. Bu yerda oddiy “qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi” tamoyili ishlaydi. Biroq ilgari yaxshi hayotni ta'minlash uchun yetarli bo‘lgan oliy ma'lumot biz uchun “gigiyenik omil” – o‘z-o‘zidan kerak bo‘lgan narsa sifatida qabul qilinmoqda.Biz esa umrimiz davomida o‘qib o‘rganishimiz lozim. Hozirgi kunda bu jarayon hech qachon tugamaydi. O‘quv muassasasidami, uning tashqarisidami, bu muhim emas. Bilimlarning umumiy hajmi kundan-kunga o‘zgarib, ortib bormoqda.

Maktab va universitetlarda olinayotgan bilimlar yetarli emas ekan, bizdan nima talab etiladi? Savolning javobi oddiy bu – yovvoyi bilimlar...

Yuqorida nomi keltirilgan kitobda yovvoyi bilimni qo‘lga kiritish uchun asosiy to‘rt tamoyil taklif etilgan.

1. Ishga kirishing va olg‘a intiling

Yovvoyi bilimning eng muhim o‘ziga xos jihati – uning asosida tajriba yotadi. Kiyim-kechak dizayneri bo‘lishni istaysizmi – kiyim tiking. Yozuvchi bo‘lishni istaysizmi – yozing. Aktyor bo‘lishni orzu qilasizmi? Sizga taklif etilayotgan rollarni ijro eting. Tasavvur qiling, siz ustaxonadasiz va hunarni jarayon davomida o‘rganasiz. Tajriba to‘plash orqaligina hech qayerda yozilmagan bilim va ko‘nikmalarni orttirish mumin. Biroz vaqt o‘tgach, bari qanday tuzilganini tushunishni boshlaysiz va voqealarning keyingi rivojini aytib bera olasiz. Oldindan his eta olish shakllana boshlaydi.

2. Yovvoyi bilim bor yerda bo‘ling

Yovvoyi bilim yuqumli. Shuning uchun keyingi qadam – unga ega insonlar yonida bo‘ling. Ikkita yo‘nalishda harakatlanish kerak – odamlar va joylarga. Yovvoyi bilimga ega insonlar bo‘ladi, biroq shunday joylar ham mavjudki, u yerda muayyan sohalarda yovvoyi bilimlarga ega insonlar to‘planadi. Maykl Porter ularni «gollivud» yoki klaster deb ataydi. U yerda dunyo miqyosidagi kompaniya va mutaxassislar to‘planadi. Ko‘pincha ular muayyan shahar yoki shaharning u yoki bu qismida bo‘ladi. Dunyoda bu kabi joylar ko‘p. Oddiy qoida juda sodda: kerakli odamlar bilan muloqot qiling va kerakli joylarda bo‘ling.

3. Yovvoyi bilimlarni raqsda o‘rganamiz

Bir qarashda avvalgi ikkita asosiy tamoyil bunisiga qaraganda mantiqiy bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Biroq musiqa va raqs o‘rganishga hissa qo‘shadi. Hatto kattalarda ham. Mavjud fikrlarga zid ravishda, hozirda olimlar musiqani ijro etish va tinglash bizning aqliy qobiliyatlarimizga ta'sir qilishini aytishmoqda. Kichik yoshidanoq musiqa tinglaydigan va o‘zlari ijro etadigan kishilar bilimlarni o‘zlashtirish borasida eng yaxshi qobiliyatlarga ega bo‘lishadi. Insonning asab tizimi uni o‘rab turgan atrof-muhitning ta'sirini his etadi. Turli madaniy faoliyatlar ijobiy samara berishi zamonaviy tadqiqotlarda isbotlangan.

4. O‘zingizda mavjud narsalar bilan qo‘shishga harakat qiling

Har bir odam o‘ziga xos va betakror. Hozirgi kunga qadar maslahatlar juda oddiy bo‘lgan: ish jarayonida o‘rganing, biror yovvoyi bilimni o‘zlashtirgan kishilar bilan tanishing; to‘g‘ri joylarda bo‘ling; raqsga tushing.

Bir qarashda bu harakatlarning tushunarli, chiziqli ketma-ketligiga o‘xshaydi. O‘rganishning standartlashtirilgan usuli. Universal retsept. Biroq bunday emas. Yovvoyi bilimni ko‘chirib olish imkonsiz. Uning tarkibiy qismlari juda ko‘p. Uning ichki aloqasi juda murakkab. Shuning uchun shaxsiy g‘aroyib yondashuvni izlab topish kerak. Sizning kichik olamingiz sizning shaxsiy xususiyatlaringiz asosidagi bilimlar asosida tashkil topadi.

Bunday yangi bilim odatda turli bilimlar tutashgan yerda hosil bo‘ladi. Turli sohalardagi qiziqarli va foydali ma'lumotlarni bir-biri bilan qo‘shgan holda ishlatish juda muhim. Tadqiqotchilar buni sohalararo bilimlar deb atashadi. O‘zingizni bilimlar doirasi yoki tashkiliy tuzum chizmalari bilan cheklamang.

Dunyoda  cheklovlar talaygina. Makroekonomika va mikroekonomika. Pop va rok. Biroq rallidagi poygachiga aylanishni istasangiz, baletning sehrli olami bilan tanishishga harakat qiling. Professional futbolchi bo‘lmoqchimisiz, Qadimiy Rim haqida o‘rganing. Olimpiya o‘yinlari ana o‘sha yerda o‘ylab topilgan. G‘oyaning o‘zi sodda. Qanday ikki  ko‘nikma biror yangi narsani dunyoga keltirishi mumkinligini hech qachon bilmaysiz.

Top