15:16 / 09.07.2019
21868

Gruziya Rossiya sanksiyalaridan qancha zarar ko‘rishi mumkinligi hisoblab chiqildi

Foto: REUTERS

Rossiyaning Gruziyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritishi millionlab dollarlik mahsulot va xizmatlarda aks etishi mumkin, deb yozadi Forbes.

Eng ko‘p cheklovlar Rossiyadan Gruziyaga pul o‘tkazmalarida aks etadi. Rossiya banki statistikasiga ko‘ra, 2018 yilda pul o‘tkazmalari hajmi 631 million dollarni tashkil etgan. Gruziyadan Rossiyaga vino eksporti hajmi o‘tgan yili 166 million dollarga, mineral suv eksporti esa 50,6 million dollarga o‘sgan.  

Mutaxassislarning fikricha, Rossiya Gruziya uchun sotuv bozori sifatida muhim hisoblanadi, gruzin vinosining 84 foizi va mineral suvining 46 foizi Rossiyaga jo‘natiladi. 

9 iyul kuni davlat dumasi Gruziyaga nisbatan cheklovlar joriy etishni ko‘rib chiqishni tavsiya etib Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedevga murojaat qildi. 

Mavzuga oid
Top