19:23 / 09.07.2019
13912

Jurnalistika sohasida ishlashni istaysizmi? Unda bu taklif aynan siz uchun

Foto: Fotolia

Xabardor.uz sayti tajribali, o‘z ishini yaxshi ko‘radigan va mas'uliyatli jurnalistlarni ishga taklif etadi.

1. Saytning bosh muharrirligi lavozimiga.

Qo‘yiladigan talablar:

- rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (qo‘shimcha xorijiy tillarni bilish rag‘batlantiriladi);
- yosh: 30dan 40gacha;
- ish tajribasi: shu sohada kamida 5 yil;
- ishni professional olib borish, xodimlarning materiallarini tahlillash, muxbirlarni zarur joylarga material tayyorlash uchun yuborish va ularning ishini nazorat qilish;
- oylik ish haqi: 5 mln so‘m va undan yuqori.

2. Xabardor.uz sayti uchun jurnalist.

Qo‘yiladigan talablar:

- avvalo, o‘z kasbini sevadigan va unga mas'uliyat bilan yondashadigan;
- yosh: 20dan 30gacha;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiladigan;
- hududlardan tezkor reportaj tayyorlash;
- yangiliklarga tezkor munosabat bildirishi, zarur paytda kerakli materialni tayyorlay olishi;

Xabardor.uz sizga:

- Eng zamonaviy texnika vositalarida ishlash imkoniyati;
- shahar markazidagi ofis; 
- rasmiy mehnat shartnomasi;
- oylik ish haqi: 3 mln so‘m va undan yuqori.
- o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyati va boshqa qulayliklarni taklif etadi.

Nomzodlardan info@xabardor.uz elektron pochta manziliga kichik hajm va erkin tarzda o‘zi haqida bayon etilgan ma'lumotlarni (F.I.Sh., yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir ma'lumotlar – nashr etilgan maqolalardan nusxalar va internetda e'lon qilingan ishlariga havolalar) yuborish so‘raladi.

Murojaat uchun telefon: +998 90 964 10 15 (Soat 10:00 dan 18:00 ga qadar)

Mavzuga oid
Top