8624.51 USD +40.01

9676.7 EUR +2.83

136.92 RUB +0.58

10780.6 GBP -12.65

07:32 / 09.07.2019 15160

O‘zbekistonda anomal issiqlik sabab yana poyezdlarning tezligiga cheklov belgilandi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma'lum qilishicha, Toshkent - Andijon, Toshkent - Urganch- Xiva, Toshkent - Qo‘ng‘irot, Toshkent - Termiz va Toshkent - Buxoro yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarining harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida poyezdlar tezligiga cheklov belgilandi. Bunga sabab respublikada kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida mazkur poyezdlarda bepul mineral suvlar tarqatish yo‘lga qo‘yilgan.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ o‘z mijozlariga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirgan va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Bundan oldin ham anomal issiqlik sabab yo‘lovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilangandi.

Top