8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

14:47 / 09.07.2019 7886

Poroshenkoning aktivlari hibsga olinishi mumkin

Foto: TASS

Ukraina davlat tergov byurosi tergovchilari mamlakat sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarashli "Kuznya na Ribalskom" zavodining barcha ko‘char va ko‘chmas mulklarini hamda aksiyalarini hibsga olish to‘g‘risida hujjat tayyorladi. Bu haqda Ukrainaning "Strana" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujjat ma'qullash uchun Ukraina bosh prokuraturasiga yuborilgan, so‘ngra esa sudga chiqariladi.  

"Kuznya na Ribalskom" zavodi Poroshenkoning yirik aktivlaridan bo‘lib, norasmiy manbalarga ko‘ra, zavod yolg‘ondan Sergey Tigipkoga sotilgan. 

Hozirda ushbu zavoddan jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni uni sotish orqali yuvishda foydalanilgan deb gumon qilinmoqda.

Top