8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:01 / 09.07.2019 23950

Putin Kerch bo‘g‘ozidagi voqeaning yangi tafsilotlarini ma'lum qildi

Foto: REUTERS

Kerch bo‘g‘ozidagi voqea Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko tomonidan uning saylovoldi kampaniyasi davomida ataylab uyushtirilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida aytdi.

«Poroshenko mamlakat sharqi va janubida saylovchilar uni qo‘llab-quvvatlamasliklarini bilardi va vaziyatni chigallashtirish, maxsus holat joriy etish uchun bu ig‘vogarlikdan foydalandi», — dedi Putin.

Rossiya prezidentining fikricha, Poroshenko saylovlarni kechiktirish uchun butun mamlakatda maxsus holat joriy etishni ko‘zlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil noyabrda Ukraina HDKning uchta kemasi Rossiya chegarasini buzib kirgan va xavfli manyovrlarni sodir etgan.

Chegarachilar kemalarni hibsga olgan. Kemalarda 24 nafar harbiy, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmatining ikki nafar xodimi bo‘lgan. Hozirda ukrainalik dengizchilar sud qilinishi kutilmoqda.

Top