14:52 / 09.07.2019
3739

Qozog‘iston Afg‘oniston bo‘yicha YeXHT doirasidagi uchrashuvni Nur-Sultonda o‘tkazishni taklif qildi

Foto: informburo.kz

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov YeXHT raisi, Slovakiya tashqi ishlar vaziri Miroslav Laychak bilan uchrashuvda Afg‘oniston bo‘yicha YeXHT doirasidagi maxsus tadbirni Nur-Sultonda o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Atamkulov va Laychak Afg‘onistondagi vaziyatni alohida muhokama qilgan.

"Qozog‘iston tomoni shu yilning kuzida Nur-Sultonda YeXHT ishtirokchi davlatlari doimiy vakillari ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha maxsus tadbir o‘tkazishni taklif qildi", - deyiladi xabarda.

Avvalroq GFRning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Markus Potsel Kobul va «Tolibon» o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatilishi bilan O‘zbekistonda navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top