8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:50 / 09.07.2019 3962

«Tinchlik o‘rnatish bo‘yicha jarayon Afg‘oniston xalqi rahbarligida amalga oshirilishi lozim». O‘zbekistonning Dohadagi konferensiya yuzasidan bayonoti

Foto: Wikimedia Commons

O‘zbekiston Dohadagi (Qatar) afg‘onlararo konferensiya qarorlarini va uning ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Tinchlik to‘g‘risidagi qo‘shma rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.

Qayd etilishicha, tomonlarning afg‘onlararo keng qamrovli muzokaralar orqali barqaror tinchlikka erishishga sodiqligi Afg‘oniston muammosini hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘lidir.

“O‘zbekiston doim tinchlik jarayoni mamlakatning barcha siyosiy kuchlari va etnik guruhlarini qamrab olishi kerak degan qat'iy fikrda bo‘lgan. Bunda bosh rolni afg‘onlarning o‘zlari o‘ynashi kerak.

Mamlakatda uzoq kutilgan tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha siyosiy jarayon afg‘onlarning o‘zlari tomonidan hamda Afg‘oniston xalqi rahbarligida amalga oshirilishi lozim”, - deyiladi bayonotda.

Bildirilishicha, shundan kelib chiqib O‘zbekiston Afg‘onistonda haqiqiy tinchlikka erishish bo‘yicha sa'y-harakatlarni bundan keyin ham davom ettirishga tayyor ekani aytiladi.

Bundan oldin, O‘zbekiston yana Kobul va «Tolibon» muzokaralari uchun maydonchaga aylanishi mumkinligi xabar berilgandi.

Top