8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

01:40 / 09.07.2019 21065

Toshkent metropoliteni uchun yangi poyezdlar tayyorlanmoqda

Ma'lumki, shu yilning aprel oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Rossiyaning «Metrovagonmash» AJ o‘rtasida Toshkent shahridagi yer usti metropoliteni uchun harakatlanuvchi sostav vagonlarini har biri 4 vagondan iborat 5 ta sostav xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi, deb yozadi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy sayti.

Ayni paytda «Metrovagonmash» Aj da o‘sha beshta poyezddan dastlabki uchtasini tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, kuzov ishlari tugallangan, tortuvchi elektr uskunalari, pnevmatik uskunalari, videokuzatuv tizimini butlovchi qismlar bilan ta'minlash ishlari bajarilmoqda. Zamonaviy vagonlarni nishona tarzda yetkazib berish yaqin kelajakda amalga oshiriladi.

Poytaxtimiz yer usti metropoliteni liniyalari uchun vagonlar zavoddan brendli bo‘yash bilan chiqarilmoqda. Vagonlarning yon devorlari va eshiklari oq rangga bo‘yalgan, butun sostav bo‘ylab O‘zbekistonning milliy bayrog‘ini akslantiruvchi chiziq o‘tkazilgan. Har bir sostavning boshida oq rangli, oxirida qizil tusli yoritish chiroqlari bor. Harakatlanuvchi sostavning tomi och havorang tusda, old yuqori qismining markazi qora rangda bo‘lib, yo‘nalish yuguruvchi satrlarda ko‘rsatib turiladi.

81-765/766/767 seriyadagi taklif qilinayotgan metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi uzatmaning qo‘llanilishi ekspluatatsiyaga xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi. Yangi vagonlarning bir qator texnik xarakteristikalari va afzalliklariga yana ushbular kiradi:

  • Vagonlar orasidagi germetik «garmoshka» ko‘rinishidagi o‘tish joylari butun sostav vagonlariga boshdan oxirigacha o‘tish imkonini beradi va bu bilan ularning sig‘imini oshiradi;
  • Yo‘lovchilar saloni avtomatik ikki tabaqali, suyab suriladigan, har bir tomonda to‘rttadan bo‘lgan eshiklar bilan jihozlangan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgan va yo‘lovchilarni tasodifan qisilib qolishi oldi olingan;
  • Vagonlar o‘rtasida standart avtoulovchi o‘rniga bo‘shliqsiz ulovchi qurilmalardan foydalanilgan, bu yurishning ravonligini oshiradi va vagonlarning biri biri ustiga chiqib ketishining oldini oladi;
  • Salondagi buyurilgan haroratni konditsionerlash, istish va shamollatish tizimi ta'minlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qo‘llanilgan;
  • Har bir vagon telekanallar translatsiyasi imkoni bilan birga yo‘lovchilarga zamonaviy ma'lumot uzatish tizimi bilan ta'minlangan;
  • Sostav vagonlari videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar mavjud, yong‘inni avtomatik payqash va o‘chirish tizimi ham bor;
  • Mashinist kabinasida yo‘llar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.

Top