8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

01:29 / 09.07.2019 7139

Tramp Britaniya elchisi bilan ish olib borishdan bosh tortdi 

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniyaning AQShdagi elchisi Kim Darrokning diplomatik maktublaridagi ma'lumotlar sizib chiqishiga munosabat bildirdi. Darrok o‘z maktublarida Tramp haqida salbiy fikr bildirgan.

“Men elchini shaxsan tanimayman, biroq AQShda uni yoqtirishmaydi va u haqda yaxshi fikrdamaslar. Biz u bilan boshqa ish olib bormaymiz”, deb yozgan Tramp.

Shuningdek, Tramp Britaniyaning iste'foga ketayotgan bosh vaziri Tereza Meyni ham “shirin” so‘zlar bilan eslab o‘tgan. AQSh prezidenti Britaniya Mey boshchiligida Yevropa Ittifoqidan chiqishga qay holda kelganini tanqid qilgan. 

Tramp Meyga nisbatan o‘ta tanqidiy munosabatda ekanligini va “ajoyib” Britaniyada yaqin orada yangi bosh vazir bo‘lishidan xursandligini qo‘shimcha qilgan.

7 iyulda Daily Mail nashri Darrokning Londonga jo‘natgan xizmat yozishmalarini chop etgan. Britaniya elchisi o‘z maktublarida Trampni “ishonchsiz, nokompetent va qobiliyatsiz” deb atagan. AQSh prezidenti esa o‘z navbatida Darrokni “Britaniyaga yaxshi xizmat qilmaslikda” ayblagan.

Top