13:39 / 09.07.2019
4691

Yaponiyaga ishga yuborish bahonasida fuqarolarni 5000 dollarga «uxlatgan» shaxs ushlandi

Foto: Depositphotos

Joriy yilning 8 iyul kuni Samarqand shahar IIBga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 2018 yil 1 avgust kuni Navboxchiyon mahallasida yashovchi 36 yoshli P.X. tanishlari 25 yoshli S.A. va 28 yoshli S.O‘. Yaponiya davlatiga ishlash uchun yuborishini aytib, ulardan 5000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib P.X. ushlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top