23:02 / 10.07.2019
5946

Afrika Kubogi. Mane Senegal milliy jamoasi bilan yarimfinalga chiqdi

Afrika millatlari Kubogida chorakfinal o‘yinlari boshlandi.

Senegal milliy jamoasi Benin bilan bellashdi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol Sadio Mane uzatmasidan so‘ng Idrissa Guyye tomonidan urildi.

Senegal milliy jamoasi yarimfinalda Madagaskar – Tunis o‘yini g‘olibi bilan o‘ynaydi.  

Afrika millatlari Kubogi
1/4 final
10 iyul
Senegal – Benin 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 69 Guyye. 
Senegal – Gomis, Kulibali, Sabali, Gassama, Kuyate, Guyye, Seve, Mane, Ndiayye, Keyta Balde (Diatta, 65), Nyang (Diane, 64).
Benin – Allagbe, Imoru, Baraze, Verdon, Adilyu, Adeoti, D'Almeda (Seybu, 69), Sessenon, Suku (Jigla, 81), Mune, Pote (Dossu, 77).
Ogohlantirish: Suku (44).
Chetlatish:  Verdon (82).

11 iyul
Nigeriya – JAR
Kot D’Ivuar – Jazoir
Madagaskar – Tunis

Top