8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:50 / 10.07.2019 24035

Angren ko‘mir koni shimoliy qismida yirik yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi 

Joriy yilning 8 iyul kuni taxminan soat 15:30larda Angren ko‘mir konining shimoliy qismida chamasi 25 million metr kub bo‘lgan yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar qilmoqda.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Qayd etilishicha, mazkur tabiiy ofat muhandislik kommunikatsiya, avto va temir yo‘llar hamda Angren ko‘mir koni uchun xavf tug‘dirmaydi.

Tabiiy ofatning vujudga kelishida asosiy omil bu joriy yilning aprel-may oylarida yomg‘irning yog‘ishi (ko‘p yillik me'yordan ortiq), yer osti suvlari darajasining sezilarli darajada ko‘payishi bo‘lib, bu gidrodinamik bosimining oshishiga olib keldi. Natijada, qum tosh tuproqlarni yer osti oqimlari bilan yuvilib, yer qatlamida bo‘shliqlarni hosil qildi. Bu esa, o‘z navbatida, Angren ko‘mir konining shimolidagi yon tomonining zaiflashishiga olib kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati tomonidan salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida ko‘chki doimiy ravishda kuzatilmoqda. Shuningdek, mazkur hududda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining kun-u tun navbatchiligi tashkil etilgan.

Loyiha-tadqiqot instituti mutaxassislari yer ko‘chishi sabablarini qo‘shimcha o‘rganish bo‘yicha ishlarni olib boryapti, deyiladi xabarda.

Top