14:15 / 10.07.2019
17091

«PSJ» bir shart evaziga «Barselona» bilan Neymar bo‘yicha muzokara boshlashi mumkin

Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Neymar «Barselona»ga o‘tishi mumkin.

Ammo bu transfer amalga oshishi oson bo‘lmaydi, parijliklar 27 yoshli braziliyalik futbolchi transferini kamida 222 million yevroga baholamoqda.

Marca ma'lumotiga ko‘ra, «PSJ»ni ushbu futbolchi transferiga kataloniyaliklar yarimhimoyachilari Filippe Koutino yoki Usmon Dembele qo‘shilishi qiziqtirmaydi.

Manbaning yozishicha, Tomas Tuxelga yarimhimoyachi kerak, «Barselona» braziliyalik futbolchi evaziga Ivan Rakitich va ma'lum miqdordagi mablag‘ni to‘lashga rozi bo‘lsa, «PSJ» muzokaralarga kirishishi mumkin.

Nashrning qayd etishicha, «Barselona» yaqin kunlar ichida fransuz klubi bilan muzokara boshlamoqchi.

Top