8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

16:30 / 10.07.2019 1508

Samarqandda o‘tgan birinchi turistik yarmarka doirasida 54dan ziyod bitim imzolandi 

9 iyul kuni Samarqand shahrida start olgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Birinchi turistik yarmarkasi doirasida MDH mamlakatlari turistik tashkilotlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik qilishga doir 54dan ortiq kelishuv imzolandi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi Armaniston turizm federatsiyasi va Belarus Respublikasi turizm ittifoqi bilan kelishuv imzoladi. Shuningdek, O‘zbekiston Otelerlar assotsiatsiyasi va Qirg‘iziston Kurortlar assotsiatsiyasi hamda ko‘plab turistik tashkilotlar o‘rtasida bitimlar imzolanishiga erishildi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida «MDH mamlakatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiriq va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda MDH mamlakatlarining turizm yo‘nalishidagi yetakchi universitetlari rektor va prorektorlari ishtirok etishdi.

Seminar kun tartibidagi asosiy masalalardan biri Samarqanddagi «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universitetining tarmoqli ta'lim tizimini joriy qilishga oid loyiha bo‘ldi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universiteti hamda MDH mamlakatlari oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

Top