17:00 / 11.07.2019
10900

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi magistraturasiga 2019-2020 o‘quv yiliga qabul boshlandi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (Oliy maktab) quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2019-2020 o‘quv yiliga hujjatlar qabul qilishni boshladi: 

1. «Loyiha boshqaruvi» («Project Management») 

O‘qish muddati: 1 yil 

2. «Biznes boshqaruvi» («Master of Business Administration — MBA») 

O‘qish muddati: 2 yil 

Ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni Oliy maktab ilg‘or xalqaro tajriba asosida tayyorlab kelmoqda. Bunda magistratura talabalarining o‘quv amaliyoti AQSh, Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Malayziya va Fransiya kabi davlatlardagi nufuzli yetakchi oliy ta'lim muassasalarida tashkil etiladi. 

Talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish va qabul imtihonlarini o‘tkazish o‘quv yilida ikki marta (yozgi va qishki qabul davrlarida) amalga oshiriladi. 

• 2019-2020 o‘qish yilida yozgi qabul muddati 2019 yil 10 iyuldan 9 avgustgacha; 

• 2019-2020 o‘qish yilida qishki qabul muddati 2019 yil 9 dekabrdan 2020 yil 8 yanvargacha. 

O‘qishga hujjat topshirish elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti yoki quyida keltirilgan link orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi: Hujjatlarni onlayn topshirish 

Qabul komissiyasining ishlash jadvali: 

Dushanba – juma kunlari, soat 9:00 dan 17:00 gacha 

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy 

(Mo‘ljal: Premier Hall kinoteatri) 

Tel.: (998) 71-239-03-11, (998) 71-239-03-03

Vebsayt: rgsbm.uz

Facebook: fb.com/rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top