23:17 / 11.07.2019
8322
«Chelsi» Lempardning bosh murabbiyligida ilk o‘yinni o‘tkazdi

«Chelsi» klubi Irlandiyadagi yig‘in doirasida Dublinning «Bogemian» klubiga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Bu Frenk Lempardning londonliklar bosh murabbiyi sifatidagi ilk o‘yini edi.

41 yoshli mutaxassisning debyuti muvaffaqiyatli kechayotgandi, ammo raqib 89-daqiqada gol urib, «Chelsi»dan g‘alabani tortib oldi.

«Chelsi» navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 13 iyul kuni «Sent-Patriks Atletik» klubiga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini
Bogemian (Irlandiya) – Chelsi (Angliya) – 1:1 (0:1)
Gollar
: 0:1 – Batshuayi, 8; 1:1 – Molloy, 89.

Top