8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

01:30 / 11.07.2019 11015

Merkel navbatdagi titroq bosishiga izoh berdi

Foto: AP

Germaniya kansleri Angela Merkel rasmiy tadbirlarda oxirgi 3 hafta ichida uchinchi marta uni titroq bosganidan keyin o‘zini yaxshi his qilayotganini va ishlashni davom ettirishga tayyorligini, xavotirlanishga sabab yo‘qligini aytdi.   

Merkelni 10 iyulda Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan Berlindagi uchrashuv vaqtida navbatdagi marta titroq bosgan. 

Ta'kidlanishicha, siyosatchi titroq o‘tib ketgandan keyin o‘zini osoyishta tutgan, tabassum qilib, tutilmasdan so‘zlashgan.

“Bu qanday boshlangan bo‘lsa, bir kun kelib shunday o‘tib ketadi. Hozircha bu kun kelmadi”, deb aytgan siyosatchi.

Kansler uning sog‘lig‘i bilan qiziqayotganlarga uning fikri yetarli bo‘lishi kerakligini ta'kidlab o‘tgan.

Merkelni 18 iyunda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv vaqtida ilk bor titroq bosgan. O‘shanda siyosatchi o‘zining bu holatini suvsizlanish bilan tushuntirgandi. Merkel bilan ikkinchi marta bunday voqea 27 iyunda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashuv vaqtida yuz bergan. O‘shanda kansler unga uzatilgan suvni rad etgan.

Top